🧙Конкурс сказок!
Daryo.uz
(OFF) Voydodmedia 1 фев 2015

O‘FF Hakamlar qo‘mitasi boshlig‘i: Hakamlik masalasida bemalol maqtana olamiz

O‘FF Hakamlar qo‘mitasi boshlig‘i: “Hakamlik masalasida bemalol maqtana olamiz” Bugungi kunda FIFA maqomini olgan O‘zbekiston hakamlari safi kengaymoqda. O‘FF Hakamlar qo‘mitasi boshlig‘i Noil Lutfulin bu holat haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi, deb xabar beradi “Stadion.uz”. O‘FF Hakamlar qo‘mitasi boshlig‘i Noil Lutfulin. Foto: stadion.uz “Kishini xursand qiladigan holat shuki, OFK tomonidan bizning hakamlarimizga qit’amiz bo‘yicha eng ko‘p kvota, ya’ni o‘rin ajratilgan, — deya gap boshladi O‘FF Hakamlar qo‘mitasi boshlig‘i. — FIFA hakamlari soni bo‘yicha ham Osiyoda yetakchimiz. Bu borada Janubiy Koreya, Yaponiya, Avs­ traliya, Saudiya Arabistoni va BAA kabi davlatlardan yuqorida turganimiz diqqatga sazovor fakt. Eng muhimi, 2014-yil ham xuddi 2012— 2013-yillarda bo‘lgani kabi o‘rnimizni saqlab qoldik. Qisqasi, hakamlik masalasida bemalol maqtana olamiz. Ayni payt 7 nafar FIFA referisi, 9 nafar assistentga egamiz”. Shuningdek, qayd etilishicha, futzalda faoliyat yuritayotgan FIFA maqomidagi O‘zbekiston hakamlari 4 nafarga yetgan. Ayollar futbolida esa 2 nafardan referi va laynsmen FIFA bayrog‘i ostidagi musobaqalarda ishlamoqda. Plyaj, ya’ni sohil futbolida o‘tgan yili jahon chempionati o‘yinlarida ham ishlagan Baxtiyor Namozov bir necha yildan buyon hakamlik qilib kelmoqda. “FIFAning elit toifasiga kiruvchi hakamlarimiz alohida mavzu, — dedi Noil Lutfulin. — ‘A’ toifasida Ravshan Ermatov, Valentin Kovalenko va Vladislav Seytlin faoliyat yurityapti. ‘B’ toifasida Ilgiz Tantashev va Aziz Asimov, ‘С’ toifasida Sherzod Qosimov bor”. Noil Lutfulin ta’kidlaganidek, Avstraliyadagi Osiyo kubogiga O‘zbekistondan bir yo‘la 2 ta brigada taklif etilgandi. “Bunaqasi Osiyo kubogi tarixida hali kuzatilmagan, — deb qayd etdi Lutfulin. — To‘g‘ri, Kovalenko salomatligiga bog‘liq muammolar tufayli Avstraliyada hakamlik qilgani yo‘q. Lekin fakt shuki, OFK bizdan 2 ta brigada chaqirdi — bu ko‘p narsaga dalolat. Qolaversa, OFK Hakamlar departamenti Ravshan Ermatovga Osiyo kubogi — 2015 ochilish o‘yinini ishonib topshirdi. Endi Ravshan ham Osiyo kubogi, ham jahon chempionati ochilish o‘yinlarini boshqargan hakam sifatida tarixda qoldi”.

Комментарии (0)

Показать комментарий
Скрыть комментарий
Для добавления комментариев необходимо авторизоваться
Daryo.uz
Битва титанов
Впервые на мобильниках! Игра, о которой ходят легенд...
Тема: Светлая | Тёмная
Версия: Mobile | Lite | Touch | Доступно в Google Play